Foto: TBN
O‘zbekistonda iqlimga moslashish sohasidagi chora-tadbirlarni rejalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish boshlandi, deya xabar qilmoqda «Gazeta.uz».
Loyiha iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlarining chidamliligini oshirishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashning mavjud mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Yangi loyiha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi ko‘magida Yashil iqlim jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qilishicha, loyiha 3 dekabr kuni boshlangan.
Ishlab chiqilgan Milliy moslashish rejasi sektorli xarakterga ega bo‘ladi. Ajratilgan moliyaviy mablag‘lar 1,6 million AQSH dollarini tashkil etadi. Tashabbusning asosiy maqsadi mamlakatga kelgusi ikki yarim yil ichida iqlimga moslashish ustuvorliklarini hisobga olgan holda samarali rejalashtirish jarayonini yaratishda yordam berishdir.
Loyiha faoliyati qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, qurilish sektori, favqulodda iqlim hodisalari oqibatida yuzaga kelgan vaziyatlarni nazoratga olish hamda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish kabi muhim tarmoqlarda qabul qilinadigan qarorlarni samaradorligini oshirishga yordam beradi.
«O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi insoniyat hayotining barcha sohalariga ta’sir qiladi va iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini oldini olish hamda hayotning yangi sharoitlariga moslashish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qiladi», – deydi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Nishonov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi