Foto: «Football Addict»
Myunxenning «Bavariya» klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Angliyaning «The Guardian» nashri tomonidan 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Nashr reytingida «Barselona» sardori, argentinalik Lionel Messi — ikkinchi, «Yuventus»da to‘p suruvchi portugal yulduzi Krishtianu Ronaldu — uchinchi o‘rinda.
2020 yilning eng yaxshi futbolchilari (top-10):
1. Robert Levandovski — «Bavariya»; Polsha
2. Lionel Messi — «Barselona; Argentina
3. Krishtianu Ronaldu — «Yuventus»; Portugaliya
4. Kevin de Bryuyne — «Manchester Siti; Belgiya
5. Sadio Mane — «Liverpul»; Senegal
6. Erling Holand — «Borussiya» D; Norvegiya
7. Kilian Mbappe — «PSJ»; Fransiya
8. Muhammad Salah — «Liverpul»; Misr
9. Neymar — «PSJ»; Braziliya
10. Virjil van Deyk — «Liverpul»; Niderlandiya.
Kuchli o‘nlikda bittayam ingliz futbolchisi yo‘q.
Robert Levandovski 2020 yilda «Bavariya» bilan Germaniya chempionati va kubogi hamda Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. O‘tgan hafta FIFA polshalik forvardni 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi