
Berlinning “Gerta” klubi forvardi Kshishtof Pyontek kecha “Shalke”ga (3:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Gracenote nashrining yozishicha, polshalik hujumchi 2020 yilning may oyidan buyon, ya’ni koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan chempionat restartidan buyon Bundesligada 9 ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 6 ta gol urishga erishdi.
So‘nggi paytlarda “Jenoa”ga qaytishi aytilayotgan Pyontek joriy mavsum Germaniya chempionatida o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar