A Seriyada oxirgi o‘ringa tushib qolgan “Jenoa”ga Davide Ballardini yangi bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin, jamoa boshqaruviga to‘rtinchi marotaba kelgan mutaxassis ishni tarkibni o‘zgartirishdan boshladi. U Rolando Maran davrida jamoaning eng faol o‘yinchisi bo‘lib turgan Eldor Shomurodovni boshlang‘ich tarkibdan olib tashlab, uning o‘rniga qadrdon shogirdi Goran Pandevni o‘ynatdi.
37 yoshli futbolchi yangi yildan keyingi ilk uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lsa-da, Ballardini o‘zbek hujumchisini boshlang‘ich tarkibga qaytarishga shoshilmadi. “Latsio”ga qarshi o‘yinda hujumga Mattia Destro bilan Marko Pyatssani tashladi. Xorvatiyalik futbolchi o‘zini ko‘rsata olmadi. Birinchi bo‘limda “Jenoa” yomon o‘ynadi. Ayniqsa, hujumda. Hisobda oldinga chiqib olgan rimliklar birinchi bo‘limda to‘pni 64 foiz o‘z nazoratida ushlab turdi.
Ballardinida ikkinchi bo‘lib boshidan Shomurodovni o‘yinga tushirishdan boshqa chora qolmadi. Katta ishtiyoq bilan maydonga chiqqan Eldor jamoasi o‘yinini o‘zgartira oldi. Bosh murabbiy fikrini va munosabatini ham.
Eldor yordamida genuyaliklar hujumi keskin kuchaydi. Bahsning ikkinchi yarmida jamoa raqib darvozasi tomon oltita zarba yo‘lladi. O‘zbek hujumchisi bir necha marta o‘tkir hujum uyushtirdi, jamoadoshlarini qulay pozitsiyaga olib chiqadigan paslar berdi. Paslarining 77 foizi aniq bo‘ldi. Bu hujumchi uchun ijobiy ko‘rsatkich.
“Jenoa” hisobni tenglashtirgan vaziyatda barcha ishni Eldor amalga oshirdi. U o‘z jarima maydonchasi yaqinida to‘pni olib, butun maydonni katta tezlikda bosib o‘tdi va tajribali Lukas Leyvani aldab, Destroga o‘ta qulay pas oshirdi. Mattia bu sovg‘ani uvol qilgani yo‘q – 1:1.
Shomurodov o‘yin davomida g‘alaba to‘pini kiritishga yaqin kelgandi. Himoyachilarni ajoyib usulda dog‘da qoldirib, darvoza burchagiga yo‘llagan zarbasi ustun yonginasidan o‘tib ketdi. Golga bir necha santimetr yetishmadi xolos.
Umuman olganda, Eldor yuqorida keltirilgan foydali va samarali harakatlaridan tashqari raqibni bir bor ajoyib usulda aldab o‘tdi, boshqa vaziyatda hujumga o‘tgan “Latsio” futbolchisidan to‘pni olib qo‘ydi, bir necha bor havodagi kurashlarda ustunlik qildi. Futbolchilar o‘yinini baholagan Whoscored statistika portali Shomurodovning o‘yiniga yuqori ball berdi.
Eldor Shomurodov “Latsio”ga qarshi uchrashuvda A Seriyada jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Jenoa”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. O‘zbek legioneri o‘z o‘yini bilan asosiy tarkibda to‘p surishga munosib ekanini ko‘rsatdi. O‘z navbatida, yangi bosh murabbiy Davide Ballardini ham Shomurodov nafaqat Rolando Maran, balki har qanday murabbiy qo‘l ostida ham samarali o‘ynay olishiga ishonch hosil qildi.
Futbol mutaxassislari va “Jenoa” muxlislari esa, jamoaning muvaffaqiyatlari hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov va Mattia Destro tandemiga bog‘liq ekaniga ishonib, bosh murabbiy keyingi o‘yinlarda ularga ilk daqiqadan imkon berishi kerakligini ta’kidlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi