Ukraina terma jamoasi ustozi Andrey Shevchenko "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Le 10 Sport xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, ukrainalik mutaxassis “aristokratlar”ning ko‘z ostidagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. "Chelsi" rahbariyati muvaffaqiyatsiz natijalar sabab jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Frenk Lempardni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
44 yoshli Shevchenko Ukraina terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida terma jamoa “Yevro-2020” final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shevchenko uchun "Chelsi" begona jamoa emas. U 2006-2009 yillarda futbolchi sifatida "aristokratlar" sharafini himoya qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi