17:17 / 09.01.2021
3 500

Shomurodovning otasi Eldorning Morata bilan futbolka almashgani haqida

Shomurodovning otasi Eldorning Morata bilan futbolka almashgani haqida
“Jenoa”da to‘p surayotgan Eldor Shomurodovga Yuventus” tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlar juda yoqimli eshitilmoqda. Lekin bu hali rasman tasdiqlangan emas. Aytishlaricha, “Yuventus” klubidagilar hujumchi Alvaro Morataga o‘rinbosar sifatida hamyurtimizning nomzodini ko‘rib chiqayotgan ekan.

E’tiboringizni esa bir qiziq jihatga qaratmoqchimiz. 11-tur doirasida “Jenoa” o‘z maydonida “Yuventus”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. O‘sha bellashuvda Shomurodov ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushganini yaxshi bilasiz. O‘yin yakunlanganidan keyin esa Shomurodov aynan “Yuve” hujumchisi Morata bilan futbolka almashgan. Bu haqida Eldorning dadasi Azamat aka Shomurodov sports.uz muxbiriga shunday dedi:

- Ha, to‘g‘ri, futbolka almashgan. Unga nimaga Ronaldu bilan futbolka almashmading deb so‘raganimda, buni o‘zimga ep ko‘rmadim. Morata bilan futbolka almashdim, u yaxshi bola ekan, aytsam rad qilmadi dedi, - deya voqelikni izohladi, futbolchining dadasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning otasi Eldorning Morata bilan futbolka almashgani haqida