“Jenoa”da to‘p surayotgan Eldor Shomurodovga Yuventus” tomonidan qiziqish bildirilayotgani haqidagi xabarlar juda yoqimli eshitilmoqda. Lekin bu hali rasman tasdiqlangan emas. Aytishlaricha, “Yuventus” klubidagilar hujumchi Alvaro Morataga o‘rinbosar sifatida hamyurtimizning nomzodini ko‘rib chiqayotgan ekan.
E’tiboringizni esa bir qiziq jihatga qaratmoqchimiz. 11-tur doirasida “Jenoa” o‘z maydonida “Yuventus”ga 1:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi. O‘sha bellashuvda Shomurodov ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida maydonga tushganini yaxshi bilasiz. O‘yin yakunlanganidan keyin esa Shomurodov aynan “Yuve” hujumchisi Morata bilan futbolka almashgan. Bu haqida Eldorning dadasi Azamat aka Shomurodov sports.uz muxbiriga shunday dedi:
- Ha, to‘g‘ri, futbolka almashgan. Unga nimaga Ronaldu bilan futbolka almashmading deb so‘raganimda, buni o‘zimga ep ko‘rmadim. Morata bilan futbolka almashdim, u yaxshi bola ekan, aytsam rad qilmadi dedi, - deya voqelikni izohladi, futbolchining dadasi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi