Foto: AOKA
O‘zbekistondagi barcha maktablarda «Shaxmat sinflari» ochiladi, 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.
«Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat budjetidan 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘rsatkichi 19 foiz bo‘lib, 2021 yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 25 foizga yetkaziladi.
Turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo‘yicha ‘Charm to‘p’ bosh vazir kubogi o‘tkaziladi. Kelgusi yilda 916 kilometrlik salomatlik yo‘laklari barpo etiladi.
Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badminton maydoni, qo‘shimcha ravishda 420 ta mini-futbol maydoni, 350 ta ko‘chada vorkaut maydonchasi quriladi. 70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog‘cha va 10 000 ta maktab jami 120 milliard so‘mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlanadi», — deydi bosh vazir o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas