O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevga yangi mavsum borasida quyidagi taklif bilan chiqdi.
"O‘zbekiston U-19 termasi bosh murabbiyi Temur Kapadze bir taklif berdi: U-21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarni asosiy jamoalar o‘yinidan bir kun oldin emas, bir kun keyin o‘tkazish.
Bu haqida fikrlashdik va quyidagi ijobiy jihatlarni ko‘rdik:
- bunda asosiy jamoa bosh murabbiyida U-21 jamoasi o‘yinini kuzatish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Chunki bir kun avval, u o‘z jamoasining o‘yinoldi mashg‘uloti bilan band bo‘ladi. O‘yindan keyingi kunda esa, uning o‘rnini yordamchi murabbiy, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy va fizioterapevt bildirmasligi mumkin;
- U-21 jamoasi ham asosiy maydonda, ya’ni, yaxshi maydonda o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi. Bunda biz U-21 uchun ajratilgan maydonlarni o‘rganamiz. Maydon talabga javob bermasa, U-21 jamoasi asosiy maydonda o‘ynaydi. Bu esa, asosiy maydonini ko‘z qorachig‘idek asraydigan klubga U-21 uchun ham yaxshi maydon qurish majburiyatini yuklaydi.
Biz bu borada Superliga klublari fikrlari bilan ham albatta qiziqib ko‘ramiz", - dedi Imomxo‘jayev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas