
"Lugano" forvardi Kristofer Lungoyi "Yuventus" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Ammo hozircha 20 yoshli shveysariyalik futbolchi bilan imzolangan shartnoma bandlari oshkor etilmayapti. Uning hozirgi transfer narxi 200 ming yevroga baholanmoqda.
Lungoyi “Lugano” safida 2020 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar