12:50 / 30.01.2021
1 640

Superliga, Pro-liga va Birinchi liga vakillari ishtirokida yangi mavsum masalalari muhokama qilindi

Superliga, Pro-liga va Birinchi liga vakillari ishtirokida yangi mavsum masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Professional futbol ligasida Superliga, Pro-liga, Birinchi liga klublari sport va texnik direktorlari, yuriskonsultlari, klublar qoshidagi akademiya (futbol maktablari) direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Unda Musobaqalarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, Futbolchilarning maqomi va transferi bo‘yicha Reglament, litsenziyalash bo‘yicha qo‘yilayotgan talablar, shuningdek yangi mavsum rejalari muhokama etildi.

Endilikda Superliga va Pro-liga klublari birdek OFK va Milliy litsenziyalashdan o‘tkaziladi. Bunda har bir klub qo‘yilayotgan talablarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarishi shart ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, klub qoshida U-10, U-14, U-16, U-18 va U-21 yoshlar jamoalari faoliyat yuritishi va milliy miqiyosdagi musobaqalarda qatnashishi ma’lum qilindi. Ayollar futbolida ham bundan keyin U-14 va U-16 chempionatlari o‘tkazilishi bildirildi.

Bu yildan e’tiboran, O‘zPFL O‘FA bilan kelishgan holda me’yoriy hujjatlarni tartibga solish asnosida bir qator yangi reglament va nizomlar ishlab chiqmoqda. Yig‘ilishda Futbolchilarning maqomi va transferi bo‘yicha Reglament, Tartib-intizom kodeksi, Meditsina Reglamenti, Tijorat Reglamenti va Media nizomlarga ham to‘xtab o‘tilib, mashg‘ulotlar kompensatsiyasi, endilikda tibbiy tekshiruv faqat Toshkentda emas, balki boshqa shaharlarda ham o‘tkazilishi, Stadionlar to‘g‘risidagi Nizom talablari bajarilishi lozim ekani, klublarda faoliyat yurituvchi murabbiylar litsenziyalari darajasi qat’iy nazorat qilinishi kabi masalalar klublar bilan muhokama etilib, ularning fikr va takliflari o‘rganildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga, Pro-liga va Birinchi liga vakillari ishtirokida yangi mavsum masalalari muhokama qilindi