Angliya Premer-ligasi 22-turida "Manchester Yunayted" "Sautgempton" bilan bahs olib bordi va yirik (7-0) hisobda g‘alabani tantana qildi.
O‘yin mankunianliklarnig ustunligida kechdi. 2-daqiqada Aleksandr Yankevis qo‘pollik ishlatdi va hakam unga qizil kartochka ko‘rsatdi.
18-daqiqada Aaron van Bissaka to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi. 15-daqiqada Markus Reshford Meyson Grinvudning uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. 34-daqiqada Yan Bednarek o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 40-daqiqada Lyuk Shouning pasidan so‘ng Edinson Kavani boshi bilan darvozani aniq nishonga oldi.
70-daqiqada Antoni Marsyal jarima maydoni ichida to‘pni o‘ziga bo‘ysundirdi va kuchli zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qildi. 2 daqiqadan so‘ng Skott Maktominey jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi. 97-daqiqada Bruno Fernandesh penaltini aniq amalga oshirdi.
O‘yinning so‘nggi daqiqasida Antoni Marsyal jarima maydon ichidan darvozaning ochiq qismiga aniq zarba berdi. Ikkinchi taymga qo‘shib berilgan daqiqada Daniel Jeyms o‘yinga so‘nggi nuqta qo‘yuvchi gol muallifi bo‘ldi.
Manchester Yunayted – Sautgempton 9:0
Gollar: van-Bissaka (18, 1:0), Reshford (25, 2:0), Bednarek (34-avtogol, 3:0), Kavani (39, 4:0), Marsyal (69, 5:0), Maktomini (71, 6:0), Fernandesh (88, 7:0), Marsyal (90, 8:0), Jeyms (90+3, 9:0).
Manchester Yunayted – De Xea, Shou (van de Bek, 46), Maguayr, Uan-Bissaka, Lindelef, Brunu Fernandesh, Maktomini, Fred, Kavani (Marsyal, 46), Grinvud, Reshford (Jeyms, 60).
Sautgempton – Makkarti, Bertran, Stivens, Remzi, Bednarek, Yankevis, Jenepo (Tshaptshe, 78), Armstrong, Uord-Prouz, Ingz (Redmond, 70), Adams.
Ogohlantirishlar: Remzi (42), Stivens (45), Maguayr (52), van de Bek (53).
Chetlatishlar: Yankevis (2), Bednarek (86). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi