19:13 / 07.02.2021
2 373

Xayrulla Hamidov: Argentina bizga qarshi o‘yinda himoyasini tekshirib olgandek tuyuldi

Xayrulla Hamidov: Argentina bizga qarshi o‘yinda himoyasini tekshirib olgandek tuyuldi
Taniqli sport jurnalisti va sharhlovchi Xayrulla Hamidov saytimiz tomonidan tashkil etilgan "O‘zbekcha futbol" loyihasining 2-soniga tashrif buyurdi. Bir necha kun avval o‘tkazilgan futzal bo‘yicha O‘zbekiston - Argentina uchrashuvlari haqida jurnalist quyidagicha fikr bildirdi:

"Argentinaga qarshi o‘yinni kuzatib borib, shunday fikr tug‘ildiki, Lotin Amerikasi vakillari bizga qarshi to‘qnashuvlarda, asosan, himoyasini sinovdan o‘tkazib oldi. O‘ylaymanki, hujumi muhim o‘yinlarda bundan kuchli o‘yin ko‘rsata oladi. Bizning futzalchilar oldinga bordi, yo‘llarni axtardi, biroq ular mukammal mudofaa tashkil etishga erishdi. Shu jihatdan, biznikilar yaratgan eng katta vaziyat darvozabonimizning maydon markazigacha borib tepgan to‘pi bo‘ldi, nazarimda.

Umuman olganda esa, o‘yin juda yaxshi. Futzalga o‘z vaqtida, juda katta mablag‘ ajratilgan. Shunga o‘xshash o‘yinlar muxlislarimiz uchun hamon kerak
", - dedi Xayrulla Hamidov.

Quyida ushbu ko‘rsatuvni to‘liq formatda tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov: Argentina bizga qarshi o‘yinda himoyasini tekshirib olgandek tuyuldi