Foto: Getty Images
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 14 fevral tongida UFC 258 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman va divizionning birinchi raqamli ishtirokchisi Gilbert Byorns o‘rtasida kechdi. Ilk raund kutilmaganda Byorns foydasiga hal bo‘ldi, braziliyalik yakkakurashchi bir marta raqibini muvozanatdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi raundda Usman ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi. Uchinchi raundda esa chempionning zarbalar seriyasidan keyin hakam texnik nokaut qayd etdi. Shu tariqa Kamaru yana bir bor chempionlikni himoya qildi.
Musobaqaning asosiy kardi natijalari bilan tanishing:
- Kamaru Usman (18-1) uchinchi raundda Gilbert Byornsni (19-4) nokautga uchratdi;
- Aleksa Grasso (13-3) hakamlar qaroriga ko‘ra Meysi Barberdan (8-2) ustun keldi — 29-28, 29-28, 29-28;
- Kelvin Gastelum (16-6) hakamlar qaroriga ko‘ra Yen Heynishni (14-4) mag‘lub etdi — 30-27, 29-28, 29-28;
- Rikki Saymon (18-3) ochkolar hisobiga Brayan Kelleherdan (22-12) ustun chiqdi — 30-27, 30-27, 30-27;
- Julian Markez (8-2) uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Mak Pitoloni (13-8) taslim etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!