13:51 / 14.02.2021
1 564

UFC 258. Kamaru Usmon braziliyalik Gilbert Byornsni 3-raundda nokautga uchratdi

UFC 258. Kamaru Usmon braziliyalik Gilbert Byornsni 3-raundda nokautga uchratdi
Foto: Getty Images
AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 14 fevral tongida UFC 258 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usman va divizionning birinchi raqamli ishtirokchisi Gilbert Byorns o‘rtasida kechdi. Ilk raund kutilmaganda Byorns foydasiga hal bo‘ldi, braziliyalik yakkakurashchi bir marta raqibini muvozanatdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi raundda Usman ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirdi. Uchinchi raundda esa chempionning zarbalar seriyasidan keyin hakam texnik nokaut qayd etdi. Shu tariqa Kamaru yana bir bor chempionlikni himoya qildi.

Musobaqaning asosiy kardi natijalari bilan tanishing:
  • Kamaru Usman (18-1) uchinchi raundda Gilbert Byornsni (19-4) nokautga uchratdi;
  • Aleksa Grasso (13-3) hakamlar qaroriga ko‘ra Meysi Barberdan (8-2) ustun keldi — 29-28, 29-28, 29-28;
  • Kelvin Gastelum (16-6) hakamlar qaroriga ko‘ra Yen Heynishni (14-4) mag‘lub etdi — 30-27, 29-28, 29-28;
  • Rikki Saymon (18-3) ochkolar hisobiga Brayan Kelleherdan (22-12) ustun chiqdi — 30-27, 30-27, 30-27;
  • Julian Markez (8-2) uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llab Mak Pitoloni (13-8) taslim etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 258. Kamaru Usmon braziliyalik Gilbert Byornsni 3-raundda nokautga uchratdi