21:40 / 15.02.2021
1 232

Toshkentda bo‘lib turgan "Real" sobiq futbolchisi "Bunyodkor"ga tashrif buyurdi

Toshkentda bo‘lib turgan "Real" sobiq futbolchisi "Bunyodkor"ga tashrif buyurdi
Xabaringiz bor, kecha ispaniyalik mashhur futbol yulduzi Fernando Morentes «Oq-tepa» futbol klubining tashabbusi va taklifiga ko‘ra, yurtimizga tashrif buyurdi.

Bugun esa, sobiq hujumchi «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi. Martabali mehmonga O‘FAning birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, Faxriylar kengashi raisi To‘lagan Isoqov va «Bunyodkor» futbol klubi direktori Ulug‘bek Mirzayev hamrohlik qildi. Fernando Morentes dastavval «Bunyodkor» stadioni bilan yaqindan tanishdi, muzeyni ko‘zdan kechirdi.

So‘ng «Bunyodkor» akademiyasida tarbiyalanuvchilari, Toshkent shahar futbol akademiyasida ta’lim olayotgan bolalar hamda murabbiylik kurslarida o‘qiyotgan yosh umidli mutaxassislar bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan bir qator savollariga javob qaytardi.

Tadbir yakunida Ravshan Sayfiddinovich martabali mehmonga O‘FAning estalik sovg‘alarini topshirdi. Ulug‘bek Abdusattorovich esa, Fernando Morentesga an’analarimizga xos va mos bo‘lgan zarbof to‘n kiydirdi. Shu tariqa ispaniyalik futbol yulduzini «Bunyodkor»ga tashrifi o‘z nihoyasiga yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Toshkentda bo‘lib turgan "Real" sobiq futbolchisi "Bunyodkor"ga tashrif buyurdi