17:00 / 19.02.2021
1 431

Abror Pirriyev Aziz G‘aniyev 6 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi

Abror Pirriyev Aziz G‘aniyev 6 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi
"Lokomotiv" klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori Abror Pirriyev telegram-kanalida "Shabab Al Ahli" futbolchisi Aziz G‘aniyev aynan qanday jarohat olgani haqida post qoldirdi.

"Aziz G‘aniyevning jarohati haqida barcha muxlislar bilib ulgurishdi. BAA yig‘inida bo‘lib turgan aksar MTJ a’zolari u bilan ko‘rishishdi ham. Shifokor sifatida ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi bir xabarlarni to‘g‘rilagan holda aytar bo‘lsam jarohat tashxisi: O‘ng oyoq tizza bo‘g‘ini old xochsimon boylamining uzilishi (ilgari jarohat olib “operatsiya” qilingan oyog‘i chap oyog‘i edi).

Hozirda “Shabab Al-Ahli” jamoasi rahbariyati G‘aniyevning jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Yevropaning kuchli sport tibbiyot markazlarini mo‘ljallashgan. Ammo pandemiya sabab mavjud noqulayliklarni inobatga olgan holda o‘sha mutaxassislarni BAAga chaqirtirish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Xudo xoxlasa barchasi rejadagidek amalga oshsa, kamida 6 oy muddatni oluvchi davo va reabilitatsiya muolajalaridan so‘ng Aziz sentabr oyida boshlanuvchi amirliklarning futbol mavsumiga tayyor bo‘lishi mumkin. MTJ a’zolari va muxlislar nomidan barchasi hamyurtimiz uchun xayrli yakun topishini Yaratgandan so‘rab qolamiz
", - deb yozdi shifokor Pirriyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Pirriyev Aziz G‘aniyev 6 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi