17:04 / 24.02.2021
1 863

Bugun "Stranja" turnirida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

Bugun "Stranja" turnirida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi
Bolgariyaning Sofiya shahrida “Stranja” xalqaro turniri davom etayotganidan xabaringiz bor, mazkur turnirning uchinchi kunida yana bir qator yurtdoshlarimiz o‘z janglarini o‘tkazadi.

Jumladan, Bobousmon Baturov armanistonlik Gurgen Madoyanga qarshi ringga ko‘tarilsa, 60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rayxona Qodirova mezbonlar vakilasi Aslaxon Mexmedovaga qarshi jang qiladi.

63 kg vaznda ikki jangda g‘alaba qozongan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev braziliyalik Vanderson Oliyvera bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, Dilshodbek Ro‘zmetov ham bolgariyalik Kristan Nikolvga qarshi bahs yuritsa, eng og‘ir vazn toifadagi yurtdoshimiz Bahodir Jalolov fransiyalik Murad Aliyevni sinovdan o‘tkazadi.

Mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun "Stranja" turnirida 5 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi