
Hozirgina Bolgariyadagi “Stranja” turnirida eng og‘ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov o‘zining ilk jangini o‘tkazdi. Unga Fransiya vakili Murad Aliyev raqiblik qildi. Katta tajribaga ega hamyurtimiz dastlabki raunddanoq ustunlikni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi.
Birinchi raundda ko‘plab "klinch" holatlari yuzaga kelgan bo‘lsa-da, aniq zarbalar bobida Jalolov ancha ustunlik qildi. Ikkinchi raundda fransiyalik bokschi tinmay bosim uyushtirdi. Biroq, barasi samarasiz yakunlandi. Aksincha hamyurtimiz qarshi hujumda uni tuta oldi.
Uch raundda raqib biroz faollashgandek bo‘ldi. Ammo, hamyurtimizdagi ulkan tajriba qo‘l keldi va haqli ravishda g‘alabaga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar