
Ukrainada boks bo‘yicha O.V.Asaulenka xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir davom etmoqda. Bugun musobaqa doirasida 5 nafar bokschimiz yarim final janglarini o‘tkazdi. Janglarda ikki nafar bokschimiz g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi.
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Mixaylo Dzyazko (Ukraina) - g‘alaba
-69 kg: Jahongir Rahmonov - Darxan Duyseybay (Qozog‘iston) - mag‘lubiyat
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Dimitro Ribalko (Ukraina) - g‘alaba
+91 kg: Jamshid Xudoyberganov - Bogdan Mironets (Ukraina) - mag‘lubiyat
+91 kg: Shohjahon Abdullayev - Andey Xaletskiy (Ukraina) - mag‘lubiyat
Kecha -52 kg vaznli bokschimiz Sodirbek Kamolmirzayev yarim final jangida g‘alabaga erishib, finalga yo‘l olgandi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar