Bolgariyada davom etayotgan “Stranja” turnirining navbatdagi yarim final bahsida eng og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Bahodir Jalolov armanistonlik Gurgen Ovanisyan bilan finalga chiqish uchun jang olib bordi.
Mazkur to‘qnashuvda qiziq holat ro‘y berdi. Ya’ni jang yakunida g‘olibni e’lon qilayotgan boshlovchi armanistonlik bokschini g‘alabasini e’lon qildi. Vaholanki, jangda ustunlik qilgan yurtdoshimizni g‘alabasini tabloda ham ko‘rsatib turgandi. Hakamlarning qaroriga ko‘ra, Jalolov 4:1 hisobida zafar quchgan edi.
Xullas, ushbu hangomadan keyin biroz tushunarsiz holat yuzaga keldi va yakunda g‘alaba hamyurtimizga qaytarib berildi. Shu tariqa Jalolov finalga yo‘l oldi. Unga hal qiluvchi jangda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi