
Foto: «Bunyodkor» FK
«Qizilqum» hujumchisi Ibrohim Tomiva faoliyatini «Bunyodkor»da davom ettiradi. Bu haqda «qaldirg‘ochlar» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bundan tashqari «Bunyodkor» «Buxoro» darvozaboni Zafar Safoyevni o‘z safiga qo‘shib olgan.
Shuningdek, Sarvar Karimov, Lyubomir Bondarenko va Dian Talxatov kabi yosh futbolchilar bilan ham shartnoma imzolangan.
Ibrohim Tomiva 2020 yilda «Oqtepa» futbolchisiga aylangandi. 2020 yilning avgustida futbolchi ijara asosida «Qizilqum»ga yo‘l oldi.
Nigeriyalik futbolchi navoiyliklar safida Superligada 17 ta o‘yin o‘tkazib, ikkitadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar