Foto: Twitter
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) va WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0, 21 KO) o‘rtasidagi jang shartnomasi imzolandi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasining rahbari Bob Arum ma’lum qildi.
Arumning so‘zlariga ko‘ra barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. Ayni vaqtda tomonlar barcha shartnomalarni imzolamoqda va yaqin orada jang haqida rasmiy ma’lumot beriladi.
Avvalroq jangni 2021 yilning iyun oyida o‘tkazish reja qilinayotgani va ikkala bokschi 100 million dollardan gonorarga ega bo‘lishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda og‘ir vazn toifasi yetakchilari 2021 yilda ikkita jang o‘tkazish borasida kelishuvga erishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar