18:38 / 05.03.2021
1 781

P.Xyuistra: "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o‘yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz

P.Xyuistra: "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o‘yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz
Foto: championat.asia
Ertaga, 6 mart kuni O‘zbekiston Superkubogi uchun bellashuv bo‘lib o‘tadi. Unda "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro kurash olib borishadi. Bugun ana shu o‘yin oldidan rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Har ikki jamoa o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazib bo‘ldi.

Endi esa o‘yindan oldingi matbuot anjumani o‘tkaziladi. Uning birinchi qismida "Paxtakor" ustozi Piter Xyuistra, himoyachi Yegor Krimes va yarim himoyachi Sardor Rashidovlar ishtirok etishmoqda.

Xyuistra: - O‘yinchilar har xil bo‘ladi. Vazifam ular orasida bog‘lamni tezroq shakllantirish va yaxshi o‘yin ko‘rsatishga urinish. Bu o‘ziga xos boshqotirma, undan chiqib ketishga intilamiz.

- "Nasaf"ni hujumkor o‘yinchilar kichik jussali, tezkor va mobilniy o‘yinchilar. Siz kabi yirik gavdali himoyachi uchun bu narsa qay darajada noqulay? (Krimetsga)
Ye.Krimes:
- "Nasaf"ni barcha o‘yinchilarini yaxshi bilamiz. Murabbiyimiz aytib o‘tganlaridek ayrim yetakchilari jamoani tark etishgan. Qolaversa, biz birinchi yil futbol o‘ynayotganimiz yo‘q. Tajribali himoyachi baland bo‘yli hujumchilarga qarshi qanday va kichik gavdali o‘yinchilarga qarshi qanday o‘ynashni yaxshi bilishadi.

- Bir paytlar OCHL doirasida "Nasaf"ga qarshi o‘yinda gol urib uni katta quvonch bilan nishonlagandingiz. O‘shanda bu ishingiz muxlislarga yoqmagandi. Ertaga muxlislar sizni keskin qarshi olishlari mumkinligiga tayyormisiz? (Rashidovga)
S.Rashidov: - Jamoam uchun yordam berishga urinaman. Raqib muxlislari sizga gapirishi yoki tanqid qilishi mumkin, ammo men klubim uchun mehnat qilaman. Jamoam ishqibozlari mendan yaxshi harakatlar kutishadi.

- "Nasaf" haqida fikringiz?
P.Xyuistra: - Tayyorgarlik davomida raqibni o‘rganib chiqdik. "Nasaf" ham "Paxtakor" kabi kuchli jamoa. Ularda ham bizdagi kabi yetakchi hujumkor o‘yinchilar tark etishdi. Ular ko‘p jihatdan bizga o‘xshashadi. Ikki munosib raqiblar. "Nasaf" bejizga o‘tgan yil chempionatda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritmadi. Tarkib o‘zagini saqlab qolishdi. O‘yin uslubi o‘zgarmagan. Ular jiddiy qarshilik ko‘rsatib, jips futbol namoyish etishadi.

- Odil Hamrobekovning "Shabab Al Ahli"ga o‘tishi bugungi o‘yinga qay darajada ta’sir qiladi? Bu o‘tish jamoa rejalarini buzib yubormadimi?
Xyuistra:
- Hamrobekov 5 oylik ijara bilan "Shabab Al Ahli"ga ketdi. Tarkibimizda Odilning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar bor. Ularga ishonamiz.O‘yinchilar ketishi va kelishi odatiy hol. Bunga tayyor turish kerak. Hamrobekov yaxshi saviyadagi futbolchi, lekin tarkibimizda yaxshi saviyali futbolchilar yetarli. Superkubok mavsumga qay darajada hozirligimizni ko‘rsatadi.

S.Rashidov: "Paxtakor" o‘tgan yili Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Endi jamoa uchun bor kuchim bilan o‘ynab, muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilaman. Mavsumda bizni ichki va xalqaro musobaqalar kutmoqda.

Ye.Krimes: "Mavsumni yangi kayfiyatda boshlashga harakat qilamiz. Muxlislar bizdan sovrin kutishmoqda. Buni amalga oshirishni istaymiz."

S.Rashidov: "Ertaga faqat yutish uchun Samarqandga keldik. O‘zim ilk bor Superkubokda maydonga tushishim (ma’lumot uchun Rashidov 2014 yil Superkubokda "Bunyodkor" tarkibida zaxiradan maydonga tushgan). Nasib qilsa, ertaga bu sovrinni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz".

P.Xyuistra: "Ertaga Superkubok uchun o‘yin. "Paxtakor" mazkur musobaqada hali yutmagan, demak muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitishni maqsad qilganmiz."

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » P.Xyuistra: "Nasaf"da ham "Paxtakor"dagi kabi hujumkor o‘yinchilar ketgan, muzeyimizni yangi sovrin bilan boyitmoqchimiz