Yevropa ligasi nimchorak finalida "Manchester Yunayted" - "Milan" bahsi o‘tkaziladi. Ushbu bellashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:55da boshlanadi. Uchrashuv oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Angliyaning 20 karra chempioni Italiyaning 18 karra chempioniga qarshi. Chempionlar ligasini 3 bor qo‘lga kiritgan klub ana shu turnirda 7 marta g‘alaba qozongan jamoaga qarshi. Yana o‘nlab titullarga ega Yevropa futboli gigantlari to‘qnashuvi.
"Manchester Yunayted" - "Milan".
To‘g‘ri, bahs Yevropa ligasidan joy olgan, ammo bu qarama-qarshilik bemalol Chempionlar ligasini ham bezashi mumkin. Ular 10 ta o‘zaro rasmiy uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, barchasi aynan Chempionlar ligasiga to‘g‘ri keladi. Va biror marta durang o‘ynashmagan. Hisob teng 5:5. Ana shunday bekgraund bilan bugungi o‘yinga yetib kelishmoqda. O‘xshashliklar tugamadi. Ikkisi ham chempionlikni sog‘inishgan va chempionatda ikkinchi pog‘onada ketishmoqda. Bu degani bugungi darajasi teng va favorit yo‘q.
O‘zi aslida bu ma’lumotlar shart emasdi, shundoq ham nostalgiya o‘lchovi me’yoridan oshmoqda. O‘ta ta’sirchan muxlislar ko‘rishi sog‘inch ko‘z yoshlariga olib kelishi mumkin. Klasikani va barcha narsaning o‘ta sifatlisini yaxshi ko‘radiganlar, ya’ni estetlar uchun sovg‘a, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Tadqiqot: bir yilda avtokreditlarga bo‘lgan talab 2,4 barobarga kamaygan