Italiya A Seriyasi qizg‘in pallaga kirdi. Chempionlik, sovrinli o‘rinlar, Yevrokubok yo‘llanmalari va ligada jon saqlab qolish uchun raqobatlashayotgan jamoalar nomi deyarli aniqlanib bo‘ldi.
Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Jenoa” bu jamoalar sirasiga kirmaydi. Genuyaliklar xavfli hududdan chiqib ketganiga ancha bo‘lgan, lekin jadvalda yanada yuqorilash ehtimoli ham juda kam.
“Jenoa” mavsumda o‘z oldiga qo‘yilgan vazifa – ligada qolishni uddalashiga shubha yo‘q. Balki, Davide Ballardini bu mavsumda jangovar tarkibni shakllantirib, kelasi yili yuqoriroq natija uchun harakat qilib ko‘rar.
Italiya chempionatini kuzatib borayotgan mutaxassislar 27-tur uchrashuvlari tahlilini qilmoqda. Xususan, “Jenoa”da faol o‘ynayotgan Eldor Shomurodovning xatti-harakatlari ham tahlilchilar e’tiboridan chetda qolgani yo‘q.
Keyingi paytda Shomurodov gol ura olmayotgani uchun tanqid qilinmoqda. Albatta, muxlislar va murabbiylar har doim hujumchidan to‘p kiritishini kutadi. Bu odatiy hol. Lekin Eldor har bir uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qiladigan to‘purar bo‘lganida hozir “Jenoa”da emas, balki “Yuventus”, “Real”, “Barsa” yoki “Manchester Yunayted”da o‘ynayotgan bo‘larmidi?
Shunga qaramay, Eldor “Udineze” bilan bo‘lgan uchrashuvda ham jamoasiga foyda keltirdi. Eldor Shomurodov boshlang‘ich tarkibda Goran Pandev bilan birga hujum juftligini tashkil qildi. Odatda, legionerimiz asosiy to‘purar Mattia Destro bilan o‘ynardi. Italiyalik hujumchi safdan chiqdi.
Hisob sakkizinchi daqiqada Goran Pandev tomonidan ochildi. Lekin golli vaziyatni yaratgan futbolchi Shomurodov bo‘ldi. Legionerimiz Kevin Strotmanni aniq pas bilan hujumga tashladi, mahoratli futbolchi o‘zidan ham tajribali bo‘lgan Pandevni gol uchun qulay pozitsiyaga chiqardi. Shu tariqa, Eldor “Jenoa”da o‘ninchi marta golli vaziyatda bevosita ishtirok etdi. Debyut mavsum uchun yaxshi ko‘rsatkich, demoqda mutaxassislar.
Shomurodov bellashuv davomida “Udineze” darvozasi tomon uchta zarba berdi. Shulardan ikkitasi xavfli bo‘ldi. Bu genuyaliklar orasida eng yaxshi natija. Eldor raqib himoyachilarini aldab o‘tish va havodagi kurashlarda ham ustunligini ko‘rsatdi. U to‘rt bor “ikkinchi qavatdagi” kurashlarda g‘olib chiqdi, raqibdan to‘rt marotaba to‘pni olib qo‘ydi, jamoadoshlariga 21 marta to‘p oshirdi, shulardan 19 tasi manzilga aniq yetib bordi. Hujumchi uchun ajoyib statistika.
Jami 89-daqiqa o‘ynagan hujumchimiz Whoscored sayti tomonidan 6,9 ballga loyiq ko‘rildi va bu borada “Jenoa” futbolchilari orasida Pandev, Strotman, Zaysdan keyin to‘rtinchi bo‘ldi. Shuncha harakatga qaramay, “Jenoa” g‘alabani qo‘ldan chiqardi va 1:1 hisobidagi durang natijasida bir ochkoga ega bo‘ldi.
27 ta uchrashuvda 28 ochko to‘plagan genuyaliklar musobaqa jadvalida 14-pog‘onada qayd etilgan. “Jenoa”ning g‘alabasiz seriyasini oltita o‘yinga yetdi. Shulardan to‘rttasi durang bilan yakunlangan.
Keyingi turni “Jenoa” boshlab beradi. Genuyaliklar 19 martga belgilangan 28-turning dastlabki o‘yinida “Parma” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu to‘qnashuvda Shomurodov jamoasiga oson bo‘lmaydi. Chunki parmaliklar 19-pog‘onada bormoqda va ligada jon saqlab qolish uchun uy uchrashuvlarda har qanday raqibdan ochko tortib olish harakatida bo‘ladi. “Jenoa” esa ancha cho‘zilib ketgan g‘alabasiz seriyaga barham berish uchun bor kuchini ayamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot