date
views 2 446

Shomurodov o‘rniga maydonga tushgan futbolchi "Jenoa"ga g‘alaba olib keldi

Shomurodov o‘rniga maydonga tushgan futbolchi "Jenoa"ga g‘alaba olib keldi
Italiya A Seriyasi 28-turida "Jenoa" "Parma" mehmoni bo‘ldi va irodali g‘alabani (1:2) qo‘lga kiritdi.

O‘yin parmaliklar ustunligida boshlandi. 16-daqiqada Gratsiano Pelle "qaychi" uslubida gol kiritib, "Parma"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi taymda darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. Ikkinchi taymda genuyaliklar bosh murabbiyi Eldor Shomurodovni zaxiraga oldi va uning o‘rniga Janluka Skamakkani maydonga tushirdi. Avvaliga 50-daqiqada Skamakka hisobni tenglashtirdi, 70-daqiqada esa hujumchi jamoasiga g‘alaba olib keluvchi gol muallifi bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Jenoa" 28 o‘yindan so‘ng 31 ochko to‘plab 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi, "Parma" esa 19 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi.

"Parma" - "Jenoa" 1:2
Gollar:
Pelle (16, 1:0), Skamakka (50, 1:1), Skamakka (69, 1:2).
Parma – Sepe, Osorio, Konti, Petssella (Byusi, 79), Bani (Galolo, 71), Kutska, Brugman (Ernani, 79), Man, Kurtich (Zirkzeye, 79), Karamo (Mixeile, 64), Pelle.
Jenoa – Perin, Dzappakosta, Masello, Krishito, Chiborra (Pyatsa, 46), Badel, Radovanovich, Zays, Strotman (Biraski, 68), Destro (Bexrami, 64), Shomurodov (Skamakka, 46).
Ogohlantirish: Bani (19), Petssella (57), Pelle (71), Radovanovich (72), Brugman (78), Biraski (84).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov o‘rniga maydonga tushgan futbolchi "Jenoa"ga g‘alaba olib keldi