Foto: Getty Images
«Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasining JCH—2022 saralashidan o‘rin olgan o‘yinlari Saudiya Arabistonida markazlashgan tizimda o‘tkazilishiga o‘z munosabatini bildirdi.
- "O‘yinlarning markazlashgan tizimda o‘tkazilishi imkoniyatlarimizga salbiy ta’sir qilmaydi deb o‘ylayman. O‘zimni fikrimni aytadigan bo‘lsam, bu qarorni eshitganimda miyamga kelgan ilk fikr OFKning futbolchilarni o‘ylamagani bo‘ldi.
Saudiya Arabistoni yozda qanday issiq bo‘lishini hamma biladi. Muxlislar futbolda tezlik va chiroyli o‘yin ko‘rishi kerak. Bunday issiqda bu qiyin masala. U yerda chiroyli o‘yin ko‘rsatish qiyin bo‘ladi, barcha natija uchun o‘ynaydi. Birinchi navbatda tezlik bo‘lmaydi. Bunday sharoitda hammaning imkoniyati bir xil. Kimnidir kuchli yoki kimnidir kuchsiz deb bo‘lmaydi.
Biz oxirigacha kurashamiz, hech qanday qo‘rquv yo‘q. O‘zbekistonda yaxshi futbolchilar va murabbiylar yig‘ilgan. Muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni ko‘rsatamiz", - dedi «Jenoa» va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, Vadim Abramov qo‘l ostidagi milliy terma jamoasi mart oyidagi yig‘in doirasida Gana (26 mart, Namangan) va Iroq (29 mart, Toshkent) terma jamoalari bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 qo‘shma saralashi doirasidagi o‘yinlar 31 maydan 15 iyunga qadar o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi