15:50 / 27.03.2021
2 155

Xayrulla Hamidov: Terma jamoamizning dastlabki daqiqalardagi shiddati stadionga bog‘liq

Xayrulla Hamidov: Terma jamoamizning dastlabki daqiqalardagi shiddati stadionga bog‘liq
Taniqli jurnalist va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov o‘z "You Tube" sahifasida O‘zbekiston - Gana uchrashuvi haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi:

"Avvalo, barchani Gana ustidan qozonilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Garchi ushbu terma jamoa asosiy tarkib bilan kelmagan bo‘lsa ham, o‘yin FIFA reytinglariga kiritilmasa ham va bellashuv umumiy statistikalarda inobatga olinmasa ham, baribir bu o‘yin biz uchun muhim bo‘ldi. Sababi, Gananing shu tarkibi ham ko‘plab Osiyo jamoalaridan kuchli va ular bizning muammolarimizni ochib tashlay oldi.

Terma jamoamizning dastlabki daqiqalardagi shiddati stadionga bog‘liq. O‘yin Namanganda, "Markaziy" stadionda bo‘lib o‘tdi. Bunday muxlislar qarshisida istalgan jamoa "uchadi". Dastlabki daqiqalardan mana shunday futbol kutgan edik va mana shu narsa bizga gol olib keldi
", - dedi Xayrulla Hamidov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xayrulla Hamidov: Terma jamoamizning dastlabki daqiqalardagi shiddati stadionga bog‘liq