
Joriy yilning 3 aprel kuni Toshkentdagi «Humo Arena» saroyida professional boks kechasi tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi. Unga yaponiyalik Ryosuke Ivasa qarshilik ko‘rsatadi.
Bugun, 1 aprel kuni Hilton mehmonxonasida jang oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda kechaning asosiy jangidan tashqari ringga ko‘tariladigan boshqa bokschilar ham tanishtirildi.
Shunday qilib, 3 aprel kuni Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika), Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo), Bahodir Jalolov – Kristaps Zutis (Latviya), Hasanboy Do‘smatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya), Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya), Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina), Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) o‘rtasida janglar o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar