O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov 2022 yili bo‘ladigan jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turniri o‘yinlari oldidan tarkibni kuchaytiradigan futbolchilarni izlashda davom etmoqda.
Keyingi paytda terma jamoamiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlari hujum va darvozabon masalasi hamon muammoli ekanini ko‘rsatdi. Ignatiy Nesterovdan keyin terma jamoa darvozasini qo‘riqlash uchun taklif etilayotgan yangi avlod posbonlar hatto o‘rtoqlik uchrashuvlarida golga olib keladigan xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
Umuman olganda, hujum chizig‘ida ham kamchiliklar yetarli. Bu pozitsiyada mamlakatimizning eng yorqin yulduzi Eldor Shomurodovga ishonch katta. Lekin so‘nggi paytlarda surxondaryolik hujumchi A Seriyada bo‘lgani kabi terma jamoada ham gol urishga qiynalmoqda. Yaqinda Gana va Iroq terma jamoalariga qarshi Namangan va Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuvlarda Shomurodov bir necha qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. O‘rtoqlik o‘yinlarida mayliku-ya, lekin rasmiy bellashuvda har bir imkoniyatning qadri juda yuqori bo‘ladi.
Superligamiz to‘purarligi keyingi yillarda asosan xorijlik futbolchilarga nasib qilmoqda. O‘zimizning hujumchilardan ko‘zga ko‘ringanlari – Bobir Abduxoliqov, Igor Sergeyev bu yildan legionerga aylandi. Lekin ular qatori terma jamoaga jalb qilingan milliy chempionatimizning yetakchi hujumchilari ham bosh jamoada barqaror gol urish bo‘yicha o‘zini ko‘rsatgani yo‘q.
Vadim Abramov gol uradigan futbolchi topish ilinjida e’tiborini Belarus chempionati oliy ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Shahboz Umarovga qaratdi. Avvalroq, bu chempionatda 16 ta gol urgan Jasur Yaxshiboyev ham o‘tgan kuzda terma jamoa yig‘iniga chaqirtirilgan edi. Biroq, uning harakati Vadim Abramovni qoniqtirmagan ko‘rinadi. Har holda Polsha chempioni “Legiya” tarkibiga qo‘shilgan Jasur Yaxshiboyev keyingi paytda Abramovning yig‘inlarida ko‘rinmay qoldi.
Shahboz Umarov o‘tgan yili ham Belarusda yaxshi o‘ynagan edi. U “Energetik-BGU”ning yetachisi sifatida 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan yagona futbolchi bo‘ldi. Jami to‘rtta gol urib, uchta golli pas oshirdi. Shahboz har ikki qanotda hujumkor yarim himoyachi va hujumchi sifatida o‘ynay oladi. Uning standart vaziyatlar va jarima zarbalarining ustasi sifatida ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda.
Iste’dodli futbolchimiz Belarus chempionatining dastlabki uchta turida raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qildi.Uning har bir goli chiroyliligi bilan ajralib turadi. Shahboz, birinchi va uchinchi turlarning eng chiroyli gollari muallifi bo‘ldi. Avvalgi turning eng yaxshi futbolchisi sovrini ham Umarovga topshirildi.
Vadim Abramov Belarus chempionatining 4-turidan o‘rin olgan “Minsk” – BATE o‘yinini kuzatish uchun ushbu mamlakat poytaxtiga bordi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bevosita stadiondan kuzatgan ushbu bellashuvda ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga chiqib olgan mezbonlar yakunda, durangga rozi bo‘ldi.
Shahboz Umarov o‘yinga 57-daqiqada qo‘shildi. Faol o‘ynagan bo‘lsa-da, bu gal gol ura olmadi. Borisovliklarni mag‘lubiyatdan qutqargan gollarga Pavel Ribak va Maksim Skavish mualliflik qildi.
Belarus chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb qilib kelinayotgan yana bir yosh hujumchi Shahzod Ubaydullayev ham to‘p tepmoqda. Bu yil legionerga aylangan o‘yinchimiz Belarus chempioni – “Shaxtyor”ning boshlang‘ich tarkibiga kirish uchun kurashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"