21:38 / 13.04.2021
2 806

Allegri Ronalduni "Yuventus"dan yo‘qotishga uringan

Allegri Ronalduni "Yuventus"dan yo‘qotishga uringan
"Yuventus"ning sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 2019 yilda portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduni jamoadan ketkazishga harakat qilgan. Football Italia nashrining yozishicha, u iste’foga chiqishidan avval klub prezidenti Andrea Anelliga Ronalduni sotib yuborishni maslahat bergan.

"Ronaldudan qutuling, u klub rivojiga xizmat qilmaydi", - degan Allegri.

"Yuventus" Ronalduni 2018 yilning yozida 117 mln yevro evaziga "Real"dan sotib olgan edi. U o‘shandan buyon Turin klubi safida jami 126 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 97 ta gol hamda 22 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Allegri "Yuventus"ni 2014-2019 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida 5 marta Italiya chempioni bo‘ldi va 4 marta mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Allergi hozirda ishsiz hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri Ronalduni "Yuventus"dan yo‘qotishga uringan