19:38 / 15.04.2021
2 982

OCHL-2021. Birinchi kungi barcha o‘yinlarda urilgan gollar va xavfli vaziyatlar

OCHL-2021. Birinchi kungi barcha o‘yinlarda urilgan gollar va xavfli vaziyatlar
Kecha OCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan dastlabki 6 uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi Eronning "Traktor" klubi bilan 3:3 hisobida durang o‘ynaganidan xabaringiz bor. Ushbu guruhdan o‘rin olgan ikkinchi bahsda BAAning "Sharja" klubi Iroqning "Eyr Fors" klubini 1:0 hisobida taslim qildi. "Sharja" safida o‘zbekistonlik Otabek Shukurov doimgidek to‘liq o‘ynadi.

"B" guruhi
"Paxtakor" - "Traktor" 3:3
Gollar:
Cheran 69, Muhitdinov 75, Erkinov 82 - Dejaga 53 penalti, Abboszoda 56, 85 penalti.

"Sharja" - "Eyr Fors" 1:0
Gol:
Ba Vazir 62.

"D" guruhida ikkala bahsda ham durang qayd etildi. Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi Saudiya Arabistoni vakili "Al Nassr"dan ochko tortib oldi - 0:0. Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" esa Eronning "Fulad" jamoasi bilan durang o‘ynadi - 1:1.

"D" guruhi
"Al Vihdat" - "Al Nassr" 0:0


"Al Sadd" - "Fulad" 1:1
Gollar:
Abdurisag 89 - Chimba 61.

"E" kvartetida Eronning "Persepolis" klubi BAAning "Al Vahda"sini 1:0 hisobida taslim qildi. O‘z tarixida ilk bor guruh bosqichida ishtirok etayotgan Hindiston chempioni "Goa" klubi esa sensatsion tarzda Qatarning "Al Rayan" klubi bilan durang o‘ynadi - 0:0.

"E" guruhi
"Persepolis" - "Al Vahda" 1:0
Gol:
Said Jalol Hussayni 40.

"Goa" - "Al Rayan" 0:0

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL-2021. Birinchi kungi barcha o‘yinlarda urilgan gollar va xavfli vaziyatlar