22:46 / 17.04.2021
2 652

OCHL. "Paxtakor" ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi


Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan "Eyr Fors" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Uchrashuvda 0:0 hisobidagi nursiz durang qayd etildi. Jamoalar qancha harakat qilishmasin darvozaga yo‘l topa bilishmadi.
Mazkur durangdan so‘ng "sherlar" ochkolar sonini 2taga yetkazib olgan bo‘lsa, "Eyr Fors" o‘zi uchun ilk ochkoni ishlab oldi. 
"Paxtakor"ning 3-tur doirasidagi uchrashuvi 20-aprel kuni "Sharja"ga qarshi o‘tkaziladi.

OCHL guruh bosqichi. 2-tur.
"Eyr Fors" - "Paxtakor" 0:0


"Eyr Fors": Fahad Tolib, Ahmad Ibrohim, Mayzam Jabbor, Samih Said, Ibrohim Bayesh, Karar Nabil, Luay Alani, Ali Kadhim, Muhammad Ali Abbud, Hussayn Jabbor(Sharif Abdulkarim,67), Mustafo Muhammad.
Zaxira: Muhammad Solih, Hammadi Ahmad, Ehson Haddad,  Ali Muhsin, Saif Rashid, Amjad Radhi, Hasan Rayed, Jefferson Kolazos, Muhammad Zamil.
"Paxtakor": Quvvatov, Sayfiyev, Anzur Ismoilov, Krimes (S), Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov(Muhiddinov,64), Sobirxo‘jayev, Erkinov, Cheran, Rashidov(Temirov, 79), Derdiyok(Xolmatov, 64).
Zaxira: Suyunov, Alijonov, Turg‘unboyev, Iminov, Chobanov,  A’zamov, Azmiddinov.
Ogohlantirish: Sardor Rashidov 40, Abror Ismoilov 45, Mayzam Jabbor 82.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Paxtakor" ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotdi