
Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" joylashgan "B" guruhida jamoalar tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
BAA sharafini himoya qilayotgan, Otabek Shukurov harakat qiladigan "Sharja" klubi Eronning "Traktor" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Teng kurashlar ostida kechgan bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Hamyurtimiz o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, sharjaliklar o‘z hisobidagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib olgan holda, peshqadamlikni mustahkamladi. Tabrizliklar hisobida 2 ochko mavjud. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar