
Manbalarning xabar berishicha, “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turnirlari – Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi tashkilotchisi hisoblangan UEFA tez orada bu turnirlarni to‘xtatish bo‘yicha qarorini e’lon qiladi.
Xalqaro tashkilotning bu qarorga kelishiga qit’ada yangi musobaqa – Yevropa Superligasi tashkil etilgani sabab bo‘ldi. Yangi turnirda qatnashishga rozilik bergan jamoalar orasida yevroturnirlarning amaldagi ishtirokchilari ham bor. Xususan, Yevropa Chempionlar ligasida yarim finaliga yo‘llanma olgan “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Real” ham bor.
Yevropa ligasida ishtirok etayotgan “Arsenal” va “Manchester Yunayted” ham yangi turnirga birinchi bo‘lib qo‘shilgan 12 ta klub qatoridan joy oldi.
Bundan tashqari, “Real” prezidenti Florentino Peres Yevropa Superligasining rahbari, “Yuventus” xo‘jayini Andrea Anelli va “Manchester Yunayted” egalaridan Joel Gleyzer vitse-prezident lavozimlarini egalladi.
UEFA va FIFA yangi turnirda o‘ynaydigan klub va futbolchilarni xalqaro musobaqalardan chetlatishi haqida ogohlantirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar