Abdumalik Xalakov “Gubernator kubogi”da moldovalik bokschiga qarshi jang qildi

Abdumalik Xalakov “Gubernator kubogi”da moldovalik bokschiga qarshi jang qildi
Boks bo‘yicha “Gubernator kubogi”i yarim final bosqichining navbatdagi janglari -60 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Unda Abdumalik Xalakov moldovalik charmqo‘lqop ustasi  Dorin Buksha bilan final bosqichiga chiqish uchun bahs yuritdi.

Barcha raundlar mobaynida  yaqqol ustunlikka erishgan Xalakov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Final jangida yurtdoshimiz mezbonlar vakili Albert Batirgaziyevga qarshi ringga ko‘tariladi.

Mazkur jangda ham hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar