Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar bosh murabbiyi Mahdi Ali ishtirok etdi.
"Ertaga bizni muhim va qiyin o‘yin kutmoqda. Jadvaldagi o‘rnimizni yaxshilab, pley-offga chiqish imkoniyatimizni saqlab qolish uchun g‘alaba qozonishdan boshqa ilojimiz yo‘q. Navbatdagi bahslarda ijobiy natijaga erishish kerak.
AGMKga qarshi dastlabki o‘yinda biz yaxshiroq harakat qildik. 5ta aniq golli vaziyatdan foydalana olmadik. Raqib esa uchrashuv so‘ngida imkoniyatlardan foydalanib, gollar urib ketdi. Besh nafar asosiy futbolchilarimiz yo‘qligi sezildi.
Jamoam ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda, bu degani biz raqib jarima maydonigacha kirib borib, gol ham ura olamiz. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun borimizni berib harakat qilamiz. Ertangi g‘alaba bizga keyingi bosqichga chiqish umidini qaytaradi", - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"