“Gubernator kubogi”da Bahodir Jalolov mezbon bokschiga qarshi jang qildi

“Gubernator kubogi”da Bahodir Jalolov mezbon bokschiga qarshi jang qildi
Sankt-Peterburgda davom etayotgan “Gubernator kubogi” turnirining +91 kg vazn toifasidagi yarim final janglarida Bahodir Jalolov ham ringga ko‘tarildi.

U rossiyalik Andrey Stotskiy bilan final yo‘llanmasi uchun jang qildi. Kutilganidek, ushbu jangda yaqqol favorit bo‘lgan hamyurtimiz raqibiga xech qanday imkoniyat qoldirmadi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

U turnir g‘olibligi uchun hal qiluvchi to‘qnashuvda rossiyalik Ivan Veryasovga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mazkur jangda ham hamyurtimizga omad tilab qolamiz!

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar