
Yevropa Chempionlar Ligasi yarim final bosqichidan o‘rin olgan "Manchester Siti" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin taqdirini "shaharliklar" futbolchisi Riyad Maxrezning dubli hal etdi. Jazoirlik futbolchi 11-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada jamoasining ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minlagan gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" o‘z tarixida ilk bor finalga chiqdi. Ularning raqibi "Chelsi" hamda "Real" klublari o‘rtasidagi o‘yinda aniqlanadi.
"Manchester Siti" – PSJ 2:0
4 may, "Etixad Stedium"
Gollar: 1:0 – 11 Marez, 2:0 – 63 Marez.
"Manchester Siti" – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Stounz, Zinchenko, de Bryuyne (Gabriel Jezus, 82), Gyundogan, Foden (Aguero, 85), Fernandino, Marez, Bernardu Silva (Sterling, 82).
PSJ – Navas, Florensi (Dagba, 75), Kimpembe, Diallo (Bakker, 82), Markinos, Di Mariya, Errera (Draksler, 62), Paredes (Danilu Pereyra, 75), Verratti, Ikardi (Kin, 62), Neymar.
Ogohlantirishlar: Errera (22), Zinchenko (71), Verratti (71), de Bryuyne (74), Kimpembe (87), Danilu Pereyra (89).
Chetlatish: Di Mariya (69).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar