Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Surxon" - AGMK (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Albatta, OCHLdan keyin uzoq yo‘l bosib keldik, qolaversa Termizga yetib keldik. O‘yin kuni reys bo‘lgani uchun ertalab azonda uchib keldik. Ko‘pchilik futbolchilar saharlikka turib dam olishmagandi. Termizga kelib 2 soatcha dam olishdi. Futbol o‘ynaganlar yaxshi bilishadi, muhim musobaqadan keyingi birinchi bahs doim og‘ir kechadi.
Shunga qaramay futbolchilarim har jabhada yaxshi harakat qilishdi. Birinchi taymda tashabbus biz tomonda bo‘ldi, gol urdik, Kasyanda yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. "Surxon"ga ham tan berish kerak, ular oxirgacha kurashishdi. Menimcha so‘nggi soniyaga qadar muxlislarni hayajonda ushlab turishdi. O‘ylaymanki bugun haqli tarzda g‘alabaga erishdik. Keyingi o‘yinlarda "Surxon"ga omad tilayman.
- AGMK Superligada bu mavsum chempionlik uchun kurashadimi?
- "Jo‘jani kuzda sanaymiz" deyishadiku. Biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarimiz uchun harakat qilib, g‘alaba uchun kurashamiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi