21:53 / 09.05.2021
2 764

Terma jamoamiz yetakchisi jarohat oldi. Bu - JCH saralashidan oldin juda katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin


O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyning "Sanchjou Mayti Layons" klubi sharafini himoya qilishidan xabaringiz bor, albatta. Hamyurtimiz klubi safida jarohat oldi. Bu haqda Titan Sports Plus nashri ma’lum qildi.

Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, Odil Ahmedov qovurg‘asidan jarohatlangan. Futbolchi jarohatini davolash maqsadidi O‘zbekistonga qaytib ketgan.
Natijada futbolchi "Sanchjou Mayti Layons"ning bu oydagi o‘yinlarida ishtirok etmaydi. Ahmedov davolanish jarayonini yurtimizda o‘tkazadi.

Iyun oyida jahon chempionati saralash bahslari oldidan bu O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun katta yo‘qotish bo‘lishi mumkin. Agarda sardorimiz o‘yinlargacha tiklana olmasa.

Umid qilamizki, Ahmedov terma jamoaning muhim uchrashuvlariga qadar jarohatini tuzatib, tiklana oladi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport