O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Andijon" klublari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Unda maydon egalari 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jizzaxliklar tarkibida Javohir Qahramonov hisobni ochuvchi golga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida mehmonlar vakili Martin Boake o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 53-daqiqada Shahruz Norxonov hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Sahob Rashidov jamoasining 4-golini kiritdi. "Burgutlar" safida Farhod Sohibjonov bu aniq zarbalarga bir marta javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
Shundan qilib, yirik hisobda zafar quchgan "So‘g‘diyona" ochkolari sonini 18 taga yetkazib olgan holda, onlayn jadvalda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 4 ochko to‘plagan "Andijon" 12-pog‘onani band etgan.
"So‘g‘diyona" – "Andijon" - 4:1
Gollar: Javohir Qahramonov 14, - 1:0. Martin Boake 44 avtogol, - 2:0. Shohruz Norxonov 53, - 3:0 (Jasur Hasanov). Sahob Rashidov 90+2, - 4:0 (Bahodir Nasimov). Izzatillo Abdulhaqov 90+4 (Farhod Sohibjonov).
"So‘g‘diyona": 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 5. Ayubxon No‘’monov, 7. Arslanmirat Amanov (77.Sahob Rashidov, 80), 8. Jamshid Boltaboyev (14.Daniel Nasriddinov, 64), 10. Shoxruz Norxonov (20.Bahodir Nasimov, 80), 11. Jasur Hasanov (28.Ergash Ismoilov, 65), 17. Shaxboz Jo‘rabekov (4.Elyor Orifov, 77), 19. Javohir Qaxramonov, 31. Luka Chermel, 93. Marko Kolakovich
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 37.Alisher Pirmatov, 9.Oybek Nurmatov, 63.Asil Begimqulov.
"Andijon": 44. Jasur Umrzoqov, 7. Martin Boake (11. Abdulxay Ismoilov, 82), 8. Bahtiyor Qosimov, 10. Jasur Jaloliddinov, 14. Doniyor Ismoilov (17. Farhod Soxibjonov, 46), 23. Mardon Abdullayev (18. Abdug‘ani Kamolov, 46), 28. Sunnatillo Hamidjonov, 33. Doniyor Abdumannopov, 49. Plamen Dimov, 70. Diyorbek Rahimqulov (4. Usmonali Ismonaliyev, 83), 77. Muhammad Isayev (20. Izzatillo Abdulxaqov, 46)
Zaxira: 32. Javohir Qilichev, 6. Ibrohim Otaxonov, 9. Kamron Saidazimov, 26. Muhammadkarim Toirov.
Ogohlantirishlar: Muhammad Isayev 45+2, Shahboz Jo‘rabekov 70. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi