O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan AGMK - "Bunyodkor" uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. O‘yin AGMKning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.
32-daqiqada AGMK a’zosi Yovan Jokich o‘ta qo‘pol qoidabuzarligi sabab qizil kartochka oldi hamda maydonni tark etdi. 38-daqiqada 10 kishi bo‘lib qolgan AGMK darvozasiga penalti belgilandi va Xurshid G‘iyosov undan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 58-daqiqada "Bunyodkor" darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalangan Mirjalol Qosimov shogirdlari hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va o‘yinda ustunlikni qo‘lga olishdi. 74-daqiqada Sanjar Tursunov dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Sardor Rahmonov gol kiritib, o‘yinga nuqta qo‘ydi - 3:1!
Shu tariqa, ochkolari sonini 15 taga yetkazib olgan AGMK 2-o‘rindagi "So‘g‘diyona"ga yaqinlashib oldi. "Bunyodkor" esa 11 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
AGMK – BUNYODKOR 3:1
Gollar: penalti Sanjar Tursunov 58', 74', Sardor Rahmonov 77' – penalti Xurshid G‘iyosov 38'
AGMK — 1.Botirali Ergashev - 77.Dilshod Ahmadaliyev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo‘ldoshev, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (5.Dilshod Jo‘rayev, 46) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G‘ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 79), 28.Shohruh Gadoyev (11.Murod Toshmatov, 85).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov - 15.Abbos Otaxonov, 20.Mirg‘iyos Sulaymonov, 22.Sanjar Shoahmedov, 29.Vladimir Kozak.
"Bunyodkor" — 1.Ravshan Yagudin - 4.Davron Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farruh Ikromov (13. Lutfullo To‘rayev, 60), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Nurillo To‘xtasinov, 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov (49. Ibrohim Tomiva, 73), 35.Ibrohim Ibragimov.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 5. Xurshidbek Ubaydullayev, 7. Sunnatilla Abdullajonov, 8. Sanjar Rashidov, 22. Shahboz Erkinov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 17. Odiljon Abdurahmonov.
Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (12), Mirjahon Mirahmadov (23), Akrom Komilov (72), Dilshod Jo‘rayev (90+4).
Chetlatish: Yovan Jokich (34). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoyda dunyodagi eng katta dengiz magistrali qurib bitkazildi (video)
Shavkat Mirziyoyev Turkiya mudofaa vaziri bilan harbiy hamkorlikni muhokama qildi
Ispaniya Olimpiya terma jamoasi Parij—2024 uchun qaydnomasini e’lon qildi
Italiyalik jurnalist Shomurodovning kelajagi haqida ma’lumot berdi
Germaniya kansleri: “Putinning tinchlik rejasi amalga oshsa, Ukraina omon qolmaydi”
Olma sirkasining qanday foydali xususiyatlari bor?
Qimorda yutqazib MRB josusiga aylangan KGB xodimi...
KXDR Ukrainaning Rossiya tomonidan egallab olingan hududlariga muhandislik qo‘shinlarini yuboradi