2 239
"Oltin Asr" bosh murabbiyi: "Birinchi turda durang o‘ynadik, shu bois endi ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q"
Foto: championat.asia
OFK kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Oloy" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiyev va futbolchi Ahmet Atayev ishtirok etdi.
"Birinchi turda ikki ochko yo‘qotdik, shu bois endi ochko yo‘qotishga haqqimiz yo‘q. G‘alaba qozonish va guruhdagi o‘z imkoniyatlarimizni yaxshilashimiz kerak", - deb gap boshladi murabbiy.
- 1-turda ikki futbolchingiz chetlatildi. Jamoadagi intizom to‘g‘rilandimi? Sababi ertaga ham shunday davom etsa, "Nasaf" bilan so‘nggi turdagi o‘yinga futbolchilaringiz yetmay qolishi mumkin...
- (kuladi) yo‘q bunday bo‘lmasa kerak. To‘g‘ri futbolda barcha narsa bo‘lishi mumkin, ammo bungacha olib bormaymiz. Biz yaxshi narsalarga umid qilamiz.
- Birinchi turda "Xo‘jand" bilan durang o‘ynadinglar, tarkibi yangilangan jamoa shunday qarshilik ko‘rsatishini kutganmidingiz?
- Albatta kutgandik. Sababi "Xo‘jand" ayni paytda Tojikiston chempionatida o‘ynamoqda, bizda esa o‘yin amaliyoti yo‘q edi. Ertangi bahsda biz o‘yin tomonlama yanada yaxshi harakat qilamiz va ilk turda yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamaymiz.
- Guruhdagi qaysi jamoani favorit deb hisoblaysi?
- Hech qaysi jamoani alohida ko‘rsata olmayman. Sababi hozir hatto "Oloy"da ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Ertangi o‘yinlardan keyin ko‘p narsa oydinlashadi.
- Ilk turdagi durang qaysi jamoaga ko‘proq foyda bo‘ldi? "Oltin Asr", "Xo‘jand" yoki "Nasaf"ga?
- Durang hech qaysi jamoaga minus bo‘lgani yo‘q, sababi ochko olindi. Keyingi ikki turda biz ham, "Xo‘jand" ham ikkita g‘alabaga erishsa guruh g‘olibi bo‘lishi mumkin.
Har qanday musobaqadagi dastlabki o‘yin doim og‘ir bo‘ladi. Keyin esa o‘yindan-o‘yinga barchasi yaxshilanib boradi. "Xo‘jand" bilan durang o‘ynaganimiz noodatiy holat emas, sababi oldingi musobaqalarda ham bu jamoa bilan durang o‘ynagandik. Mezbonlarga qarshi o‘yinlar doim og‘ir o‘tgan. Hech kim ochko yo‘qotishni xohlamaydi, ammo vaziyat shunday ekan uni qabul qilamiz", - deydi Yazguli Xodjageldiyev.
"Ertaga yaxshi kayfiyatda tushamiz, qiziqarli o‘yin bo‘lishi aniq. G‘alaba qozonib Turkmaniston xalqini xursand qilishga harakat qilamiz", - deydi Ahmet Atayev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda