14:37 / 19.05.2021
3 008

"Valensiya" sobiq futbolchisi: "Masharipov Ispaniya chempionatiga mos"


"Shabab Al-Ahli" futbolchisi Jaloliddin Masharipov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat jarayonida dubayliklar legioneri Fede Kartabiya hamyurtimiz haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Masharipov Yevropa jamoalarida o‘ynay oladi. Menimcha, u ko‘proq La Ligaga mos. Uning potensiali yuqori. Birga o‘ynab ko‘rgan futbolchi sifatida aytishim mumkinki, u har qanday jamoani kuchaytiradi. Odil, Jalol, Aziz bir davlatdan bo‘lishiga qaramay, o‘yin uslubi har xil. Ularga kelajakda omad tilayman", - dedi argentinalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Kartabiya "Valensiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "ko‘rshapalaklar"ning turli xil yosh toifalaridagi jamoalarida harakat qilgan. Shuningdek, Fede faoliyati davomida "Kordoba", "Braga" va "Deportivo" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport