21:25 / 19.05.2021
2 548

“Yuve” Ronalduning o‘rnini egallaydigan yulduz topdi


“Yuventus” rahbariyati yozda klubdan ketib qolish ehtimoli katta bo‘lgan Krishtianu Ronaldu o‘rniga yulduz darajadagi boshqa hujumchini topib qo‘ydi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Turin klubi xo‘jayinlari portugaliyalik to‘purar o‘rniga PSJda to‘p tepayotgan Mauro Ikardini olib kelishni rejalashtirmoqda. Aslida turinliklar  argentinalik hujumchiga u “Inter”da o‘ynab yurgan paytlardan beri xaridor hisoblanadi.

Biroq, 2019 yilda Ikardi “Yuventus” taklifini qabul qilmay, Parijga ketishni ma’qul ko‘rgandi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Yuventus” Ronaldu Turinda qoladigan bo‘lsa ham, Ikardining transferini amalga oshiradi. Bu vaziyatda ikkinchi hujumchi Paulo Dibala sotib yuboriladi. Rokirovka varianti ham borligini unutmaslik lozim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Yuve” Ronalduning o‘rnini egallaydigan yulduz topdi