22:50 / 19.05.2021
2 050

Boguslav Baniak: "Turon" hali Pro-ligaga tushib ketmadi..."


Coca-Cola Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Turon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Boguslav Baniak o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
- Bu mening bosh murabbiyligimdagi birinchi o‘yin. Birdaniga o‘yinda murabbiyning imzosi ko‘rinishi qiyin. "Surxon" klubini va muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik deb aytishim qiyin. Quyosh va havo haroratining yuqoriligi yigitlarga o‘z o‘yinlarini to‘la namoyish etishlariga qarshilik ko‘rsatdi. Menda birinchi bo‘limdagi o‘yin uchun jamoa futbolchilariga ko‘plab e’tirozlar bor. Men O‘zbekistonda birinchi bor ishlashim, sekin-asta bu yurtdagi futbolni o‘rganib borayapman. O‘yinni video yozuvlar orqali ko‘rib chiqib tahlil qilamiz.

"Turon" debyutant jamoa, u o‘z tarixida ilk bor Superligada ishtirok etayapti. Biz oxirigacha kurashamiz, hali quyi ligaga tushib ketganimiz yo‘q. Imkoniyatimiz bormi, oxirigacha kurashamiz.

Bir vaziyatda hakam bizning foydamizga penalti belgilamadi. O‘sha xolatda bizga hujumchimizga nisbatan qo‘pollik ishlatilgandek ko‘rindi.

- Sizning "Turon" safiga kelib qo‘shilishingiz qanday yuz berdi?
- Biz klub rahbariyati bilan kelishgan xolda akademiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida ishlab tajriba almashmoqchi edik. Jamoada yosh mutaxassis bosh murabbiy edi. Islombek Ismoilov, yaxshi murabbiy. Keyinchalik rahbariyat taklifiga ko‘ra jamoa ishtirokidagi o‘yinlarni tahlil qilishga ko‘maklashdim. O‘tgan o‘yin yakunida bosh murabbiy iste’foga chiqarilgach, rahbariyat menga taklif bildirdi, ishlayapmiz.

O‘zim Polsha davlati fuqarosiman. Faoliyatim davomida Burkina Faso terma jamoasida yoshlar bilan 3 yil ishladim. Jasur Yaxshibov? U yigit haqida bilaman, ayni vaqtda Polsha chempionatida o‘ynayotganidan xabarim bor.

Takror aytaman, "Turon" hali PRO-Ligaga tushib ketmadi. Bizda imkoniyat bormi, oxirigacha kurashamiz. Futbolchilarni to‘p bilan ishlash mahoratini kuchaytirishimiz zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boguslav Baniak: "Turon" hali Pro-ligaga tushib ketmadi..."