Foto: «Sportsdaily.ru»
TV3 telekanali xabariga ko‘ra, «Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoa sardori Lionel Messiga o‘n yillik shartnoma taklif qilgan.
Kelishuvga ko‘ra futbolchi ikki yil klubda o‘ynaydi, so‘ngra uch yil davomida MLSning ko‘k-anor ranglilar elchisi sifatida faoliyat olib boradi. Shundan keyin hujumchi «Barselona»da yuqori lavozimlardan birini egallab, u yerda yana besh yil mehnat qiladi.
Messi bu taklifga hali javob berganicha yo‘q, chunki u klubning keyingi mavsum uchun sport loyihasi taqdimotini kutyapti. Juma kuni Laporta futbolchiga ushbu shartnomaning barcha iqtisodiy tarkibiy qismlarini tushuntiradi.
Hujumchining ko‘k-anor ranglilar bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan. Avvalroq 33 yoshli futbolchi shartnomani 2023 yilgacha uzaytirishga rozi bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Messi 2005 yildan beri «Barselona» tarkibida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi 47 uchrashuvda 38 ta gol urib, 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi