Futzal. Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum

Futzal. Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan 2021 yilgi jahon chempionatida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan edi.

Osiyo chempionatlaridagi munosib ishtiroki sabab O‘zbekiston vakillari Yaponiya hamda Eron terma jamoalari mazkur mundial bahslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqqandi.

Bugun jahon birinchiligiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston futzal terma jamoasi B guruhidan o‘rin oldi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarga Rossiya, Gvatemala va Misr terma jamoalari raqiblik qiladi.
Futzal. Jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum
Quyida vakillarimiz joy olgan guruh o'yinlari taqvimi keltirib o'tamiz.
Futzal bo'yicha JCH-2021
Litva
1-tur, 12.09.2021
Vilnius, "Avia Solutions Group Arena"
O'zbekiston - Gvatemala
Vilnius, "Avia Solutions Group Arena"
Rossiya - Misr

2-tur, 15.09.2021
Vilnius, "Avia Solutions Group Arena"
O'zbekiston - Rossiya
Vilnius, "Avia Solutions Group Arena"
Misr - Gvatemala

3-tur, 18.09.2021
Vilnius, "Avia Solutions Group Arena"
Misr - O'zbekiston
Kaunas, "Zalgiris Arena"
Gvatemala - Rossiya
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar